Skip to main content

OWEEK: “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL KLUBI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida birinchi bosqich talabalari uchun “Orientation weeki” tanishtiruv haftaligi doirasida SamDAQU “Zakovat” intellektual klubining 2023/2024-o‘quv yilida ilk tanishtiruv o‘yini o‘tkazildi.

Tanishtiruv oʻyinini SamDAQU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov va SamDAQU “Talaba klublari” boʻlimi boshligʻi Charos Xushmurodova kirish so‘zlari bilan ochib berdilar.

Soʻng “Zakovat” universitet terma jamoasi sardori Temurjon Ibodullayev talabalarga klub haqida dastlabki tushunchalarni berib oʻtdi. Jumladan, oʻyinlar boʻlib oʻtadigan joy, shart-sharoitlari, mukofot jamgʻarmasi, oʻyin qoidalari va vaqtlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek universitet terma jamoasi oʻyinlari va yutuqlari xususida ham talabalarga keng maʼlumotlar berib o‘tildi.

Tadbir soʻngida “Zakovat”ning sport versiyasida 10 ta savoldan iborat oʻyin oʻtkazilib, o‘yin davomida amaliy mashqlar orqali talabalarga klub faoliyati yanada yaqindan tanishtirildi.