Skip to main content

“O‘z kelajaging uchun o‘zing mas’ulsan” shiori ostida uchrashuv

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Adolat Ziyotova tashabbusi bilan “O‘z kelajaging uchun o‘zing mas’ulsan” shiori ostida hayotiy tajribaga ega oqila ayollar ishtirokida oilali talaba qizlar uchun qimmatli uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Ulug‘bek mahallasi xotin-qizlar faoli Gulbahor Davronova, universitet salomatlik markazi oliy toifali shifokori Nazira Sultonova, oqila ayollar harakati yetakchisi Musavvara Ibragimova, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va dekan maslahatchilari hayotiy tajriba va maslahatlarini o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuv davomida oilaning muqaddasligi va uni asrash mas’uliyati haqida muhim masalalar ko‘tarildi. Tadbir qatnashchilari psixologik moslik, huquqiy bilimlar, moliyaviy rejalashtirish, sog‘lom turmush tarzi, ma’naviyat va axloqiy qadriyatlar kabi mavzularda darslar va qimmatli tavsiyalar oldilar.

Uchrashuvdagi qimmatli saboqlar va maslahatlar, ayniqsa, talaba qizlarimiz uchun mustahkam va baxtli oila qurishga ishonchli poydevor yaratishga xizmat qildi.