Skip to main content

21-OKTABR — O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ilmiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbiri dastlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Shundan so‘ng universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi bilan yig‘ilganlarni samimiy muborakbod etdi. Sana munosabati bilan 2023-yil 18-oktabr kuni “Til millat koʻzgusi” mavzusida insholar tanlovi tashkil etilgan edi. Universitet rektori tanlovda ishtirok etgan hamda unda g‘olib bo‘lgan talabalarni (https://t.me/samdaqueduuz/22055) rag‘banlantirdi.

Tadbirning badiiy qismida SamDAQU Yoshlar ittifoqi faol a’zolari hamda talantli talaba-yoshlar tomonidan “Alisher Navoiy va Guli” dialogi, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” dostonlaridan lavhalar, she'riy chiqishlar, “Tanovor” va “Dutor” raqslari hamda “Til odobi” sahna ko’rinishlari taqdim etildi. Shuningdek, sho‘x kuy-qo‘shiqlar orqali bayram tadbiriga xushkayfiyat ulashildi.