Skip to main content

O‘ZBEKISTON – TURKIYA II TA’LIM FORUMI

Samarqandda O‘zbekiston – Turkiya II ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston-Turkiya ikkinchi ta’lim forumini Oliy ta’lim kengashi raisi Odil Abdurahmonov va Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar ochib berdilar.

Tadbirda Turkiya oliy ta’lim kengashi rahbariyati, 40 dan ortiq Turkiyaning nufuzli oliygohlari rektor va prorektorlari hamda 50 dan ortiq O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etdilar.

Kunning ikkinchi qismida forum sho‘ba yig‘ilishlari bilan davom etdi. Ularda energetika, kimyo texnologiyalari, mashinasozlik, transport va logistika, arxitektura va qurilish sohalarida qo‘shma fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar almashilindi.

Forum doirasida 70 ga yaqin hujjat imzolandi. Forumning shoʻba yig‘ilishlari doirasida ikki davlatning 60 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida B2B shaklida qator hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat universitetlariaro oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi, pedagoglarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, malaka oshirish, hammualliflikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, muhandislik va texnika sohalarida oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida 70 ga yaqin kelishuv hujjatlari imzolandi.