Skip to main content

“O‘zbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari uchun “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Adolat Ziyatova, fakultet yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Nazarbek Axmedov hamda fakultet tyutorlari ishtirok etib, talabalar bilan mazkur mavzuda qiziqarli suhbat olib borishdi.

Ular O‘zbekistonda millatlararo totuvlik, o‘zaro hurmat va hamjihatlik tamoyillari haqida keng tushunchalar berib, yoshlarni bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashning ahamiyatini ta’kidladilar.

Tadbir talabalar uchun milliy birdamlik g‘oyalarini anglash va shu ruhda yashashga undovchi muhim ma’naviy dars bo‘ldi.