Skip to main content

O‘zbekiston–Xitoy: strategik hamkorlik doirasida yangi bosqich

Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida WorldSkills Uzbekistan tashabbusi bilan muhandislik va texnologiyalar yo‘nalishida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rahbariyati, WorldSkills Uzbekistan texnik delegati hamda Xitoyning Shenzhen shahridan kelgan sanoat dizayni va innovatsiyalar sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.

 

Muhokama qilingan asosiy yo‘nalishlar:

 

Industry Design Technology o‘quv markazini tashkil etish – Markaziy Osiyoda yagona WorldSkills muhandislik markazi;

 

Universitetda 8 ta WorldSkills yo‘nalishini joriy etish – xalqaro standartlarda kurslar va zamonaviy texnika bilan ta’minlash;

 

Universitetni chempionlar tayyorlash markaziga aylantirish – milliy va xalqaro bazani shakllantirish;

 

Xitoy bilan qo‘shma dasturlar – 2+2 bakalavriat, 1+1 magistratura, qo‘shma PhD tadqiqotlari;

 

2025-yildan boshlab Xitoylik talabalarni qabul qilish.