Hozirda Xitoyda bo‘lib turgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi 2024-yilning 18-oktabr kunida “2024 BUCEA Xalqaro almashinuv va hamkorlik kuni” tadbirida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va Pekin arxitektura-qurilish universiteti prezidenti professor Zhang Dayu tomonidan o‘zaro anglashuv memorandumi (MOU) imzolandi.
Ushbu memorandumda ikki hamkor universitetlar o‘rtasida qo‘shma ta‘lim dasturlarini ochish, qisqa muddatli kurslarni tashkil etish, hamkorlikda doktorantlar va magistrlar tayyorlash, qo‘shma grant loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar uchun stajirovka imkoniyatlarini yaratish, malakali mutaxassislarni o‘quv va ilmiy jarayonlarga kengroq jalb qilish sohalarida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish asosiy maqsad qilib belgilandi.