Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Madaniy meros obyektlarini asrash” kafedrasi mudiri Laziz Raximov ayni damda Germaniyaning Potsdam amaliy fanlar universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Xizmat safaridan ko‘zlangan maqsad “DAAD – Sharqiy hamkorlik loyihasi” xalqaro granti doirasida 2025-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan yozgi maktabning tashkiliy masalalarini ishlab chiqish hamda Potsdam amaliy fanlar universiteti ta’lim tizimi, xususan “Madaniy meros obyektlarini asrash” ta’lim yo‘nalishlari fan dasturlari va baholash mezonlarini o‘rganish hamda yozgi maktab doirasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir.
SamDAQU professori Potsdam amaliy fanlar universiteti “Madaniy meros obyektlarini asrash” kafedrasi professori Dr. Steffen Laue, “Shaharsozlik arxitekturasi” kafedrasi professori Dr. Jorg Roder, “Arxitektura” fakulteti dekani Dr. Jan Raue hamda “Sotsiologiya” kafedrasi professori Dr. Marit Cremer bilan uchrashuvlar olib bordi.
Ayni kunlarda Laziz Raximov tomonidan universitetning “Madaniy meros obyektlarini asrash” fakultetining “Toshni konservatsiyasi”, “Yog‘och restovratsiyasi” va “Devoriy suratlarni tiklash” ta'lim yo‘nalishlarini o‘rganish hamda o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishish ishlarini davom etmoqda.