Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida universitet psixologlari Sardor Otayorov va Umeda Najmiyeva tomonidan tyutorlar va tarbiyachilar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.
Dastlab Sardor Otayorov, talaba-yoshlar bilan yaxshi munosabat oʻrnatish, ularning guruhdagi yoki individual muammolariga va xatolariga yechim topishda konstruktiv yondashish, talaba-yoshlar bilan turli vaziyat va holatlarda xizmat vazifasi taraflama professional va xolisona bo‘lish, tyutorlar va tarbiyachilarning keng qamrovli mehnatlarining samarasini ta’minlaydigan, 14 ta banddan iborat maxsus ishlab chiqilgan dastur bo‘yicha aniq tavsiylar berib o‘tdi.
So‘ngra Umeda Najmiyeva seminar ishtirokchilarning diqqat barqarorligini korreksiya qiladigan qizqarli psixologik o‘yinlar o‘tkazdi.