Skip to main content

Psixotrop moddalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashda yoshlarning o‘rni

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektur-qurilish universitetida “Psixotrop moddalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Jinoyat qidiruv boshqarmasi vakillari podpolkovnik Feruzjon Xasanov, kapitan Oybek Dovurov, Talabalar dekani Sherzod Bozorov, tyutor va talabalar ishtirok etishdi.

Mazkur tadbirda yoshlar orasida psixotrop moddalarining zararli oqibatlari, ularning noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq xavflar va huquqiy choralar haqida batafsil tushuntirildi

Ekspertlar yoshlarni hushyorlikka chaqirgan holda, noqonuniy moddalar bilan bog‘liq har qanday xatti-harakatlarga qarshi kurashda birdam bo‘lishga undadilar. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislarning foydali tavsiyalariga ega bo‘ldilar.

Ushbu tadbir yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, talabalar uchun juda foydali bo‘ldi.