Skip to main content

Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti tomonidan “Mirzo Ulug‘bek” hiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” o‘tkazildi.

Saylda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov, Talabalar dekani Bekzod Saidov, Talabalar dekanati tyutorlari, yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha kengash a’zolari hamda universitetning va texnikum talaba-yoshlari ishtirok etdilar.

Tadbirda fakultetlar tomonidan bir qancha tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, fakultetlarning iqtidorli talabalari tomonidan o‘zbek milliy folklor qo‘shiqlari, milliy qadriyatlarimizdan bo‘lgan kashtachilik, milliy so‘zanalar tikish namoyishlari, atlas ko‘ylaklar namoyishi, laparlar, yor-yor aytishuvlar aytildi, o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga mansub qo‘shiqlardan hirgoya qildilar.

Milliy o‘yinlarimizdan biri bo‘lgan lankada ishtirokchilar kim chaqqanroq ekanligini sinab ko‘rdilar. Shuningdek, barcha fakultetlar talabalari arqon tortish, lanka kabi milliy o‘yinlarimizdan kuch sinashdilar.