Skip to main content

QARSHI CONCH CEMENT” MChJ hamda “TOSHKENT CONCH CEMENT

Joriy yilning 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori 2-ilova 10.2-bandi “Talabalar uchun yetakchi tarmoq korxonalari va tashkilotlari hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy arxitektura va qurilish kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish va kengaytirish” ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, “QARSHI CONCH CEMENT” MChJ vakillari, Jiao Xiaofei- kadrlar resusrlari bo‘yicha direktori, Xue Kang- kadrlar bo‘yicha bosh menejer, Guan Liangliang- sement mahsulotlarini ishlab chiqari bo‘limi boshlig‘i, “TOSHKENT CONCH CEMENT” MChJ vakillari, Hu Yuanqi- kadrlar resusrlari bo‘yicha direktori, Feng Zhanli-ta’minot bo‘limi boshlig‘i, Hai Ni-tarjimon. xorijiy korxonalar bilan hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazishdi.

Uchrashuvda ta’lim, fan va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiyasi bo‘yicha suhbat o‘tkazilib, xalqaro loyihalar ustida hamkorlik qilish, o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, oliy ma’lumotli sifatli kadrlar tayyorlab berish, diplom loyiha va ilmiy tadqiqot ishlarini korxona bazasida amalga oshirish hamda talabalar amaliyoti(stajirovka)ni o‘tkazish bo‘yicha keng qamrovli muzokara o‘tkazishdilar. 

Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Ibragimov Botir Dastamovich, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi mudiri dosent Baxtiyor Ibragimovich Saidmurodov, “QARSHI KONCHI CEMENT”  xorijiy kompaniya vakili kadrlar bo‘yicha bosh menejer Xue Kang, “TOSHKENT CONCH CEMENT” MChJ  kadrlar resusrlari bo‘yicha direktori Hu Yuanqilar so‘zga chiqib o‘zlarining takliflarini bildirishdilar. 

 

Muzokaralar so‘ngida Xitoy “ANHUI KOHCHI CEMENT” kompaniyasining “QARSHI KONCHI CEMENT” xorijiy korxonasi o‘rtasidagi 2019 yil 21 iyundagi shartnomaga asosan hamda “TOSHKENT CONCH CEMENT” MChJlar  bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash va talabalarni kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tash bo‘yicha shartnoma shartlarini kelishib olish maqsadida, Xitoy mutaxassislari tomonidan sement zavodiga tanlov asosida ishga kiruvchi talabgorlarni tanlovdan o‘tkazish uchun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurishganligini ta’kidlab o‘tib, Xitoy mutaxassislari tomonidan sement zavodiga tanlov asosida ishga kiruvchi talabgorlarni tanlovdan o‘tkazish uchun tashrif buyurishganini bildirishdilar.

 

Xitoy “ANHUI KOHCHI CEMENT” kompaniyasining “QARSHI KONCHI CEMENT” xorijiy korxonasi kadrlar resusrlari bo‘yicha direktori Jiao Xiaofei, “TOSHKENT CONCH CEMENT” MChJ  kadrlar resusrlari bo‘yicha direktori Hu Yuanqi (tarjimon orqali) kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘ldirish, sement zavodiga tanlov asosida ishga kiruvchi talabgorlarni tanlovdan o‘tkazish hamda talabalarni kelgusida ishga joylashishini inobatga olgan holda haq to‘lanadigan stajirovka (amaliyot) o‘tash bo‘yicha shartnomalar tuzish maqsadida tashrif buyurganliklarini, universitet bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish niyati borligini bildirdilar.

Suhbat asosida ishga qabul qilish uchun tanlovga kelgan jami 84 nafar bitiruvchi talabalarning 59 nafari 5340500-“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” ta’lim yo‘nalishidan, 21 nafar 5230100-“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishidan, 4 nafari 5340900-Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish ta’lim yo‘nalishidan qatnashishdilar.

Suhbat natijalariga ko‘ra 23 nafar talabalarni sinov asosida ishga olish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma tuzishdilar.