Skip to main content

QIYIN, MURAKKAB ILMIY KITOBLAR O'QISHGA MIYAMIZNI TAYORLASH

Joriy yil 9-mart kuni "Qurilish" va "Muhandislik kommunikatsiyalari va qurilishi" fakulteti birinchi bosqich talabalariga universitet psixologi S.Otayorov va tyutorlar bilan hamkorlikda "Qiyin, murakkab ilmiy kitoblar o'qishga miyamizni tayorlash" mavzusida noodatiy seminar-trening o'tkazdi. U quydagicha:

Qiyin ko'ringan kitoblarni o'qishdan tortinasizmi? U holda quydagi uch fikr ongingizda mahkam o'rnashgan bo'lishi mumkin:

I. Barcha oson o'qiladigan kitoblar hamisha foydalidir;

II. Foydali kitob hamisha qiziqarli yozilgan bo'ladi;

III. Qiyin kitoblarga aqlim yetmaydi, ularni ochib ham qaramayman; 

Mana shu qolip qarashlar sizni qanchalik o'sishdan tusayotganini bilsangiz edi.

Notanishlikni miya yoqtirmaydi, darrov diqqatni burish, kislorodni bo'gib, esnoq tortirishga kirishib ketadi, qorinni ochirib qo'yadi yoki boshqa ehtiyoj bilan chalg'itadi. Bunga sabab: miya organing dasturida "Zuriqmay mazza qil, quvvatingni asra" buyrug'i bitilgan. Ongli kishi bu primitiv buyruq o'rniga "O'qib o'zgar, biroz qiynal, evaziga katta rohat topasan!" degan buyruqni ham yoqa bilishi kerak. 

Kasbingiz yoki dunyoqarashingiz rivoji uchun foydali topilgan eng murakkab va eng semiz kitobni olib xijjalab o'qishga o'zingizni undang. O'qish, tushunish qiyin kechayotgan vaqtda o'zingizga "Men yangi notanish narsalarni ochayapman, shuning uchun miyam o'zlashtirishi qiyin bo'layapdi, oxirigacha o'qisam 100% bo'lmasa ham, 10% tushunsam ham katta gap. Undan oz qolsa ham roziman, chunki kamida qiyin kitob o'qish ko'nikmasini o'zimda hosil qilayapman" deng  va oxirgacha kitobni o'qishga muvaffaq bo'ling.