Skip to main content

QIZLARJON KLUBINING A’ZOLARI ZAKOVATDA SINALDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Zoʻravonlikka qarshi kurash aksiyasi” doirasida fakultetlararo “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.

Intellektual o‘yinda ishtirok etgan “Qizlarjon” klubining aʼzolari iqtidorlarini namoyon etdilar. Natijada “Muhandis qizlar” jamoasi 1-oʻrin, “Ekonomistlar” 2-oʻrin, “Yosh arxitektorlar” jamoasi 3-oʻrinni egalladilar.

Gʻolib jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.