Skip to main content

QO‘SHMA TA’LIM DASTURI TALABALARI KEYINGI BOSQICHGA YO‘L OLDI

Ayni paytda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori qo‘shma ta’lim dasturi talabalarini Belarus Milliy texnika universitetiga joylashtirish maqsadida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Qo‘shma ta’lim dasturi doirasida o‘qishni davom ettirish istagida bo‘lgan 9 nafar talabalar hozirda BMTU yotoqxonasiga joylashtirilmoqda. Yotoqxonalarga joylashishdan avval BMTUda xorijlik talabalar uchun maxsus tibbiy ko‘rik ishlari olib boriladi.

Tibbiy ma’lumotnoma olingach talabalar BMTU bilan shartnoma tuzib, o‘qishni keyingi bosqichini davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.

Tashrif davomida Botir Ibragimov boshchiligida BMTUning “Polimedtex” va talabalar ishlab chiqarish tajriba zavodlarida bo‘ldilar. U yerda magstrrantlar va aspirantlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqot va ishlab chiqarish ishlari o‘rganildi.

Shundan so‘ng Arxitektura fakulteti dekani Armen Sardarov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Fakultet doirasida qo‘shma ta’lim bo‘yicha o‘quv rejalar tahlil qilindi hamda kafedralar faoliyati bilan tanishildi.

Jarayon yakunida universitet rahbariyati va Xorijiy hamkorlik fakulteti dekani Pavel Shirvel tomonidan qo‘shma ta’lim dasturi asosida o‘qishga kelgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda o‘qish jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

SamDAQU rahbariyati talabalarga BMTUdagi keyingi o‘quv jarayonlarida omad va zafarlar tilaydi.