Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Geomatika muhandisligi” kaferdasi dotsenti Ulug‘bek Raximov va katta o‘qituvchi Lazizbek Ibragimovlar Qozog‘iston respublikasining Olmata shahrida joylashgan Qozoq milliy agrar tadqiqot universitetida amaliyot o‘tamoqda.
SamDAQU delegatsiyasi Qozoq milliy agrar tadqiqot universiteti fakultetlari, markaziy laboratoriyalari va texnoparkida bajarilayotgan loyihalar, shartnomalar, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.