Skip to main content

TALABA KLUBLAR FAOLIYATI NAMOYISH ETILDI: 2-KUN RAQS, VOKAL, QVZ KLUBLARI TAQDIMOTI

Universitet katta faollar zalida “To‘maris” qizlar raqs klubi, “Ulug‘bek yulduzlari” vokal ansambli, “QVZ” klublarining namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Dastlab “To‘maris” raqs klubi, so‘ngra “Ulug‘bek yulduzlari” vokal ansambli a’zolari tomonidan aytilgan repertuarlari va kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

“QVZ” klubi yumoristik namoyishlarini 5 tashabbus yo‘nalishidagi klublarning umumiy koordinatori, Yoshlar ittifoqi yetakchisi Ikrom Davurov olib bordi.

Taqdimotga universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz tashrif buyurib, taqdimotlarni kuzatar ekan bu klublar faoliyati talaba-yoshlar hayotida munosib o‘rin egallaydi deb umid bildirdi.

Taqdimot so‘ngida Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i tomonidan yigitlar uchun “Dance Club” zamonaviy raqs jamoalaridan tashkil topgan klub faoliyati ham tez kunlarda yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida axborot berildi.