1999 yil “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim a’lochisi”, 2006 yil “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15 yilligi” ko’krak nishonlari bilan taqdirlangan.
2023 yilda Moskva ekspert tanlovi komiteti tavsiyasi bilan “Yevroosiyo ittifoqi davlatlari faxriy fuqorosi” ordeni, rahbarligidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasiga “Yevroosiyo ittifoqi muassasalari yetakchisi” ikkinchi o’rin-kumush medali sovrindori.
2024 yilda “Yevroosiyo ittifoqi davlatlarining fidokorona xizmati uchun oltin ordeni” bilan mukofotlangan.
U yurtimizda qurilish sohasida fanning zamonaviy yutuqlari va texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy qilgan, mohir rivojlantirilgan tashkilotchi raxbardir.
1966 yilda Samarqand davlat arxitektura qurilish institutiga o’qishga kirib, 1971 yilda Leningrad muxandislik qurilish institutini imtiyozli diplom bilan tugatgan.
1978 yilda Kiyev muxandislik qurilish institutida nomzodlik dissertasiyasi yoqlagan.
1989-1993 yillarda Moskva davlat qurilish universitetida doktoranturani o’tab doktorlik dissertasiyasini yoqlagan. 1984-yildan 18 yil mobaynida kafedra mudiri, 1994 yildan 10 yil davomida “O’zbekiston fanlar akademiyasining Samarqand bo’limida “Mexanika va texnika ” bo’limining mudiri lavozimida ishlagan. Professor S.R.Razzoqov “Qurilish mexanikasi”, “Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar” sohalarida taniqli olim. Uning tashabbusi bilan zamonaviy asbob uskunalar bilan jixozlangan Vazirlar maxkamasi va huzuridagi idoralarning 5 lisenziyalari, attestat akkredisiyalari ruxsatnomalari bilan faoliyat ko’rsatayotgan MDX davlatlari ro’yxatiga 5 nafar ilmiy muassasalarning biri va Markaziy Osiyoda yagona sanalgan “Fazoviy konstruksiyalar binolar va inshootlar zilzilabardoshligi” yo’nalishida ilmiy maktab yaratgan, unda jaxonning yagona muammosi “Katta oraliqli va osmono’par unikal binolar va inshootlar qurilishi” bo’yicha 1 nafar fan doktori, 8nafar fan nomzodi, falsafa doktorlari tayyorlangan.
Ilmiy maktab dolzarb masalalari bo’yicha 17 nafar magistr 100dan ortiq quruvchi muxandis 25 nafar bakalavrlar tayyorlangan. Unda qurilish soxalariga yetakchi mutaxasislar tayyorlash keng yo’lga qo’yilgan.
S.R.Razzoqov raxbarligida davlat grantlari ustivor yo’nalishlari dasturlari bo’yicha Xalqaro statusdagi 3 ta amaliy, Respublikamiz muammolari bo’yicha 3ta fundamental, 15ta amliy 1ta innovasion loyixalar bajarilgan.
Davlat axamiyatiga ega 4ta Xalqaro m’yoriy xujjatlar ShNQ ishlab chiqarishda qo’llanilmoqda.
U tomonidan 1ta monografiya, O’ZOO’MTV grafi bilan chop qilingan. 3ta o’quv qo’llanma, Xalqaro kongress, ilmiy Simpozium va ilmiy jurnallarda bosilib chiqgan 170 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir. Respublikamizda javobgarligi eng yuqori inshootlarni tadqiqot qilish, loyihalash, qurish hamda ekspluatasiya holatini baholash professor S.R.Razzoqov rahbarligida olib borilmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyatidagi barcha qurilish konstruksiyalari zavodlarida ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. 25 sanoat binolari, 30 kollej va lisey binolari, 20 muhandislik inshootlari, 30 dan ortiq maktab binolari qurilgan va rekonstruksiya qilingan.
Professor S.R.Razzoqov yosh avlod ongiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish maqsadida tarixda buyuk bobokalonlarimiz ma’naviyatimiz rivojiga qo’shgan hissalari, muqaddas dinimiz mohiyatini anglatishga bag’ishlangan dolzarb mavzularni yoritish bilan faol ishtirok etadi.
Bu borada 1996-2017 yillarda 5 marotaba Respublika bo’yicha anjumanlar tashkil qilgan.
U xalqaro “Fazoviy konstruksiyalarni qo’llash bo’yicha “IASS-Madrid” va “MOO- Moskva” assosiasiyalari a’zosi, O’zbekiston bo’limi raisi, 6 marotaba OAK ekspert kengashi a’zoligiga tayinlangan va bir necha maxsus ilmiy kengashlar a’zosi, dunyo muommosi bo’yicha fazoviy konstruksiyalar mexanikasi yo’nalishida o’zbek fanini jahon andozalari darajasida rivojlantirgan taniqli olim sanaladi.