Skip to main content

REKTOR SOATI VA CHORSHANBA SUHBATLARI

Ushbu loyiha universitet rektori tashabbusi bilan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga qiziqishlarini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi islohotlarni tizimli amalga oshirish, ilm-fan sohasidagi so’nggi yangiliklarni muhokama qilish, motivatsion suhbatlar orqali talabalarni vatanparvarlik, izlanuvchanlik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etildi.

Dastlabki uchrashuv universitet rektori Chidem Turkyilmaz hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Universitet rektori talabalarga “Rektor sifatida sizlar bilan ko‘rishganimdan bag‘oyat xursandman, talabalar bilan bunaqa uchrashuvlarni tez-tez amalga oshirish maqsadida bugundan boshlab har chorshanba kunlari “Rektor soati va chorshanba suhbatlari” an’anasini boshlamoqdamiz” – deya uchrashuvni ochib talabalar bilan samimimiy suhbat qurdi.

Motivatsion suhbat davomida universitet rektori faollar zaliga yig‘ilgan talabalarga o‘qish yillari har bir talabaga qiyin yil bo‘lishi mumkinligi, g‘alabalar va umidsizliklar yillari, har bir shaxsning jamiyatda o‘z o‘rnini topish yillari hisoblanishini ta’kidladi. Bunda talabaga universitet tyutorlari, professor-o‘qituvchilari, dekanlar-u prorektorlari, umuman olganda universitetning har bir xodimi talabalarning kelajakdagi g‘alabalari uchun, bor kuchi bilan mehnat qilishga tayyorligini yuz foizlik ishonch bilan ta’kidladi.

Shuningdek suhbat yakunida talabalarning fikr va mulohazalari tinglandi, talabalarning takliflari tinglanib ularning xohish va istaklarini inobatga olgan holda kelajakdagi rejalar belgilab olindi.