Skip to main content

OSIYO UNIVERSITETLARI ASSOTSIATSIYASIGA KIRUVCHI OLIY TA’LIM MUASSASALARI REKTORLARINING KENGASHI O‘TKAZILDI

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Osiyo universitetlari assotsiatsiyasiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining kengashi o‘tkazildi.

 (https://t.me/Rustam_Ibragimovich_Xolmurodov/7219)Tadbirda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlardan 20 dan ortiq universitet rektorlari va prorektorlari ishtirok etdi. Tadbirni Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi, Osiyo universitetlari assotsiatsiyasi prezidenti Rustam Xolmurodov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng yig‘ilishda oliy o‘quv yurtlari vakillari tomonidan dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qilindi, yig‘ilish so‘ngida hamkorlik shartnomalari ham imzolandi. Ushbu yig‘ilishda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Chidem Turkyilmaz xonim ham ishtirok etdi.

Osiyo universitetlari assotsiatsiyasiga kiruvchi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining kengashi ilm-fan jamoatchiligi uchun manfaatli bo‘ldi.