Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Arxitektura fakultetiga Rossiya arxitektura va qurilish fanlari akademiyasining maslahatchisi va “Arxitekturaviy muhitini loyihalash” kafedrasining mudiri tashrif buyurdi.
Rossiya arxitektura va qurilish fanlari akademiyasining maslahatchisi Rossiya Federatsiyasida xizmat ko‘rsatgan oliy ta’lim xodimi, arxitektura fanlari nomzodi, professor Nikolay Morgun Arxitektura fakultetining faoliyati, tarixi va salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Mavjud kafedralarning professor o‘qituvchilari bilan fikrlar almashdi.
Fakultet dekani Dilnoza Kamalova bilan kechgan uchrashuvda fakultetning ilmiy-salohiyati va mahalliy hamda xalqaro grantlardagi ishtiroki to‘g‘risidagi va “workshop”lar va yozgi maktablar tashkil qilish imkoniyatlarini ma’lumotlariga ega bo‘ldi.
Tashrif davomida ikki universitetning kelajakdagi ustuvor rejalari, kadrlar tayyorlash tizimini innovatsion oʻquv texnologiyalari yordamida yanada rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlangan, xorijiy tajribalar bilan yanada takomillashtirish yoʻlida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirish va rivojlantirish maqsadida hamkorlik shartnomalari tuzish rejalari ko‘rildi.