Skip to main content
Rossiya Qozon shahrin san’at institutining rahbarlari tashrifi

Rossiya Qozon shahrin san’at institutining rahbarlari tashrifi

Joriy yilning iyun oyida Rossiya Qozon shahrining federal universiteti filiali Dizayn va fazoviy san’at institutining rahbarlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining Arxitektura fakultetiga tashrif buyurdi.

O‘quv ishlari boyicha prorektor, texnika fanlari nomzodi, dotsent Adelya Sayfutdinova universitetning Arxitektura fakultetining faoliyati, tarixi va salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Mavjud kafedralarning professor o‘qituvchilari bilan fikrlar almashdi.

Ilmiy ishlar bo‘yicha innovatsiyalar bo‘lim boshlig‘i, dotsent Yelena Denisenko fakultet dekani Dilnoza Kamalova bilan kechgan uchrashuvda fakultetning ilmiy-salohiyati va mahalliy hamda xalqaro grantlardagi ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Tashrif davomida ikki universitetning kelajakdagi ustuvor rejalari, kadrlar tayyorlash tizimini innovatsion oʻquv texnologiyalari yordamida yanada rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlangan, xorijiy tajribalar bilan yanada takomillashtirish yoʻlida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni kuchaytirish va rivojlantirish maqsadida hamkorlik shartnomalari tuzish rejalari ko‘rildi.