Skip to main content

“Samarkand Style” moda festivali

Yoshlar agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Sanʼat kafedrasi hamkorligida Yoshlar ishlari boshqarmasi binosida “Samarkand Style” kuz mavsumi liboslar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir Xalqaro talabalar kuniga bag‘ishlandi.

Ko‘rgazmada “Libos va gazlamalar” yo‘nalishining iqtidorli talabalari — “Fashion Ladys” guruhi a’zolari faol ishtirok etishdi. Podiumda talabalar kuzgi, zamonaviy va milliy yo‘nalishdagi liboslar kolleksiyasini namoyish etdilar.

Tadbirda Sanʼat kafedrasi o‘qituvchilari Dilshoda Nazarova va Nafisa Mustanova rahbarligida ishtirok etgan talabalarning ijodiy ishlari yuksak baholanib, faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

“Samarkand Style” moda festivali — yoshlarning ijodiy salohiyatini namoyish etish va milliy madaniyatni targ‘ib qilish uchun ajoyib maydon bo‘ldi!