Skip to main content

O‘ZBEK TILIGA QO‘SHGAN HISSSASI UCHUN SAMDAQU JAMOASI TAQDIRLANDI

Joriy yilning 21-oktabr kuni O‘zbek tili bayrami Samarqand shahridagi markaziy istirohat bog‘ida hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yishdan boshlandi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘lishi hamda O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat va shahar hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, oliy o‘quv yurtlari, milliy madaniy markazlari, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Haykal poyida tashkil etilgan adabiy-ma’rifiy tadbirda tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar tilimizning qadr-qimmati haqida gapirib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi.

Shuningdek, tadbirda viloyatimizda o‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirishdagi faolligi uchun bir guruh ziyolilar viloyat hokimligining faxriy yorliq hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Taqdiralanganlar orasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti jamoasi ham bor. Viloyat hokim o‘rinbosaridan SamDAQU “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Abdumalik Qurbonov qabul qilib oldi.

Tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari, turli millatga mansub yoshlar o‘zbek tilida she’rlar o‘qidi. Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshid Ochilov ishtirok etdi.