Skip to main content

SAMDAQU O‘QITUVCHISI KO‘KRAK-NISHONLARI BILAN TAQDIRLANDI

2023-yil 7-yanvar kuni “Research and publications” hamda 2023-yil 20-yanvar kunlari “SCIENCE BOX” MCHJ ilmiy nashrlar markazi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiyalari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu konferensiyalarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xafizova Mashxura Aminovna “Ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlar: Muammo va yechimlar” va 

 “Ilmiy tadqiqotning o‘rni: muammo va yechimlari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi “Ta’lim fidoyisi” xalqaro ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovlarida ishtirok etdi.

Ushbu tanlovlarda ishtirok etgan Mashxura Xafizovaga esdalik ko‘krak-nishonlari hamda guvohnoma, sertifikat, tashakkurnoma, maqolalar jamlangan to‘plam tantanali ravishda taqdim etildi.

Ushbu yutuqlar bilan Mashxura Xafizovani universitet ma’muriyati professor-o‘qituvchilari hamda talabalari nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz!