Skip to main content

SCOPUS, WOS MA’LUMOTLAR BAZASIDAGI JURNALLAR BILAN ISHLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand arxitektura-qurilish universiteti reytingini (milliy va xalqaro miqyosda) ko‘tarish borasida universitetning Arxitektura fakulteti professor-o‘qituvchilari uchun Scopus, WOS ma’lumotlar bazasidagi jurnallar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.

SamDAQU strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Botir Ibragimov va rektor maslahatchisi Jo‘ramirzo Qayumov tomonidan Arxitektura fakulteti professor-o‘qituvchilariga universitetni xalqaro reytinglarga kirishda KAIST instituti (Koreya) tajribasi, oliy taʼlim tashkilotlarining ilmiy-pedagogik faoliyati koʻrsatkichlarini xalqaro reyting tashkilotlari talablariga muvofiqlashtirish, profillarni shakllantirish, elektron platformaga maʼlumotlarni yuklash, professor-oʻqituvchilarning nashr faolligini oshirish, “THE Awards” nominatsiyasida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi.

Unda Xalqaro reytinglar va akkreditatsiyalar koordinatorligi mutaxassisi Kamoliddin Shodiyev tomonidan universitetning milliy va xalqaro miqyosidagi reytingni ko‘tarish uchun professor-o‘qituvchilarga Scopus va WOS ma’lumotlar bazasidagi jurnallarga maqola chop qilish bepul bo‘lgan jurnallarga maqolalar tayyorlash va chop qilish texnologiyalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi