Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 2024 yil 6-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan “Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi videoselektor yigʻilishning 32-sonli bayonida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori 4-ilovasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil etildi.
Seminarda quyidagi masalalar muhokama etildi:
Kafedralardagi istiqbolli ilmiy-innovatsion ishlanmalarni “ta’lim-ilm-fan-ishlab chiqarish” zanjiri asosida tijoratlashtirish masalalari;
Mahalliy va xorijiy loyihalar tayyorlash va loyihalar tanlovlarida ishtirok etishni ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori 4-ilovasida belgilangan maqsadli ko‘rsatgichlarni 2024-yildagi ijrosini ta’minlash;
Muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “eng yaxshi g‘oya”, “eng yaxshi loyiha” va “eng yaxshi ixtiro” respublika ko‘rik tanlovida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish;
Seminar ishida universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadayev, Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Jo‘ramirza Qayumov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, Oliy ilm fan maktabi, Ilmiy tadqiqotlar va loyihalar koordinatorligi xodimlari ishtirok etdilar.