Skip to main content

“ILMIY FAOLIYATNI SAMARALI TASHKIL QILISHNI ZAMONAVIY USULLARI” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 19-oktabr kuni “InnoWeek 2023” haftaligi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “InnovaScience” ilmiy-konsultativ markazi bilan hamkorlikda “Ilmiy faoliyatni samarali tashkil qilishni zamonaviy usullari” mavzusida spiker Odina Olimova tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-treningda “Web of Science”da indekslangan jurnallar qanday tanlanadi? Ular qanday indekslanadi? Nashr qilish uchun jurnalni qanday topish mumkin va nimani izlash kerak? “Impact factor” nima?, “Journal Citation Indicator” kvartil, ular qanday hisoblab chiqiladi va ularni qayerda ko‘rishim mumkin? kabi savollarga javoblar hamda qanday qilib ochiq kirish va bepul nashr qilish yo‘llari muhokama qilindi.