Skip to main content

Talabalar uchun psixologik seminar-trening tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakultetining 1-bosqich talabalari uchun o‘ziga xos psixologik seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Talabalar dekanati tyutorlari hamda universitet psixologi Umida Najmiyeva ishtirok etdilar.

Ushbu tadbir talaba-yoshlarga psixologik bilimlarni yetkazish, stress va depressiyani aniqlash, oldini olish hamda bunday holatlardan samarali chiqib ketish yo‘llarini o‘rgatishga qaratilgan bo‘ldi.

Seminar davomida psixolog Umida Najmiyeva talabalarga psixologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha foydali ma’lumotlarni yetkazdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va ularga asosli javoblar olishdi. Bu esa ular uchun muhim psixologik ko‘mak bo‘ldi.