O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi majlisining 2024-yil 29-avgustdagi bayoni bilan tasdiqlangan 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag’ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi tadbirlari doirasida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparatida muhim seminar tashkil etildi.
Seminarda Samarqand viloyatidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari va viloyat boshqarmasining mas’ul vakillari ishtirok etdi. SamDAQU vakillari tadbirda Samarqand iqtisodiyot va servis institutida tashkil etilgan yagona studiya orqali qatnashdi.