Skip to main content

SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI

Joriy yilning 21-25-avgust kunlarida xorijlik talabalar uchun tashkil etilgan yozgi maktab o‘z nihoyasiga yetdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakultetining “Mexanika muhandisligi” kafedrasi va “Atrof muhit muhandisligi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Osimi nomidagi Tojikiston texnika universitetining professor-o‘qituvchilari va bir guruh talabalari bilan birgalikda bir haftalik dastur davomida Samarqand shahrining mavsumiy yog‘ingarchilik davrida suv toshish muammosi va uning yechimlari, Respublikada gaz sanoatini rivojlantirish, iste’molchilarni uzluksiz va betalofat gaz bilan ta’minlashda gaz tarmoqlarining roli, undagi muammolar va ularning yechimlari (Samarqand shahri misolida) mavzulari xususida amaliy ishlar olib bordilar.

Yozgi maktab haftasining yakunida universitet prorektorlari Sherzod Uzoqov hamda Murodjon Xodjabekovlar tomonidan yozgi maktabda ishtirok etgan barcha xorijlik profeesor-o‘qituvchilar va talabalarga sertifikatlar hamda estalik sovg‘alarini topshirdilar.

Ma’lumot o‘rnida ushbu loyiha oliy ta’lim muassasasi talaba yoshlari, xorijiy mamlakat talaba va professor-o‘qituvchilari, universitet ilmiy tadqiqotchilari hamda loyiha tashkilot mutaxassislari hamkorligida mavjud muammoni yechimlariga qaratilgan tavsiya va takliflar ishlab chiqish maqsadida tashkil qilingan edi.