Skip to main content

SHAFFOFLIK VA XOLISLIK BOSH MEZONIMIZDIR

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mas’ul xodimlari “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasining professor-o‘qituvchilari bilan muloqot olib bordi.

Muloqotda universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha siyosati, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi Nizom talablari xususida so‘z yuritildi.

Keyingi haftadan boshlanishi kutilayotgan oraliq va yakuniy nazoratlarning ochiq va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini xolis baholash har bir professor-o‘qituvchining burch hamda vijdon ishi ekanligi alohida ta’kidlandi.

Zero, ta’magirlikning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabat universitetning har bir ishchi-xodim, professor-o‘qituvchi hamda talabasida shakllanishi lozimdir.