Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Shan Dong Jiangzhu universitetidan besh kishilik delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz hamda prorektorlar qabul qilishdi. Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilinib, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida SamDAQU va Shan Dong Jiangzhu universitetlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.