Skip to main content

TALABALAR HAFTALIGI: SHAXMAT-SHASHKA

Xabaringiz bor 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Talabalar haftaligi” doirasida universitet Yoshlar ittifoqi tomonidan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tishi haqida xabar began edik.

Haftalik doirasida talabalar o‘rtasida “Shaxmat-shashka” turniri birinchiligi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblar 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan SamDAQU katta faollar zalida tashkil etilgan galakonsertda taqdirlandilar.