Joriy yilning 5-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasidan Shensi provinsiyasi Geologik tadqiqot institutidan bir guruh delegatsiya vakillari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibida Geologik tadqiqot instituti vitse-prezidenti Li Xuebing, Moliya bo‘limi direktori Lv Yinyu, Geologik muhit departamenti direktori Xe Weizhong universitet rahbariyati bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilib, kelgusidagi istiqbolli rejalar belgilash maqsadida o‘zaro fikrlar almashdilar.
Delegatsiya bilan kechgan uchrashuvda universitet vakillaridan Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Juramirza Qayumov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov, “Arxitektura” kafedrasi professori Emrah Turkyilmaz, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Nataliya Leskina ishtirok etdilar.