Skip to main content

Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-sharqiy universiteti vakillari bilan qo‘shma ta’lim dasturi muhokama qilindi

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti ma’muriyati va Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-sharqiy universiteti vakillari ishtirokida xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda metallurgiya sohasiga tayyorlanadigan kadrlar salohiyatini oshirish, universitetlar o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini (2+2) yo‘lga qo‘yish hamda mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida ikki davlat o‘rtasida stajirovkalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Muhokama jarayonlarida Samarqand viloyati hokimining Mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha yordamchisi Nozir Ibragimov, Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi Innovatsion rivojlanish sho‘basi boshlig‘i Erkin Danaboyev,  Xitoy Xalq Respublikasining Shimoli-sharqiy universiteti vakillari delegatsiya tarkibida universitet prorektori Zhang Dianhua, professor Li Xu, dotsentlar Cong Guangyu, Di Hongshuang hamda Zhang Hao, “Asia Metal Prof” qo‘shma korxonasi mas’ullari, Universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz hamda universitetning professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.