Skip to main content

SHOIRA VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti faollar zalida “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida “Shoira va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Xalq maorifi a’lochisi, O‘zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi , “El-yurt xizmati ordeni” sohibasi Xosiyat Bobomurodova bilan ijodiy kecha uyushtirildi.

Ijodiy kechada shoira tomonidan ijodiy hamda hayot yo‘lida bosib o‘tgan past-u baland yo‘llari borasida talabalarga so‘zlab berdi. Shoira va talabalar tomonidan she’riy to‘rtliklar ijro etildi. She’riyat borasida savol-javoblar tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida qimmatli vaqtini ayamasdan, universitet talabalari bilan mana shunday ijodiy kechaga tashrib buyurgani uchun universitet rektori Chidem Turkyilmaz xonim shoira Xosiyat Bobomurodovaga o‘zining minnatdorligini izhor etdi.