G’ayrat Shukurov 1950 yil 2-dekabrda Samarqand viloyati Payariq tumanida tavallud topgan. 1968 yil u o’rta maktabni oltin medal bilan va 1973 yil Samarqand davlat arxitektura qurilish institutini imtiyozli diplom bilan tugatdi va ushbu institutga yosh kadr sifatida ishga olib qolindi.Texnika fanlari nomzodi, professor G’. Shukurov 50 yildan ortiq ushbu institutda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. G’. Shukurov Qurilish fizikasi, Arxitekturaviy fizika va binolar va ularni tashqi to’siq konstruksiyalarini energiya samaradorligini oshirish masalalari bilan shug’ulanadi. Mustaqillik yillarida OvaO’MTV ligi grifi bilan 4 ta darslik, 6 ta o’quv qo’llanma, 6 ta ma’ruzalar matni, 4 ta fandan elektron o’quv-uslubiy majmua, 22 ta uslubiy ko’rsatma, 50 dan ortiq ilmiy maqola, 10 dan ortiq xalqaro va 10 dan ortiq respublika miqyosidagi anjumanlarda tezislar nashr ettirgan. Bundan tashqari 1 ta monografiya va jami 150 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar nashr ettirgan. Darslik va o’quv qo’llanmalari “Yilning eng yaxshi darsligi va o’quv adabiyoti muallifi” respublika tanlovlarida 2009, 2011, 2012 va 2016 yillar faxrli o’rinlarni egallab, O va O’MT vazirining 1 , 2 va 3 darajali diplomlari bilan taqdirlangan. Nashr etilgan kitoblari Respublikamizni oliy ta’lim muassasalari o’quv jarayonida qo’llanilib kelinmoqda. G’. Shukurov raxbarligida 100 dan ortiq oliy ma’lumotli mutaxassis,15 dan ortiq magistr tayyorlanib, ulardan to’rtasi OTM larida va ikki nafari G’. Shukurov raxbarligida doktorlik dissertasiyasi ishini yakunlash arafasida. Keyingi yillarda G’. Shukurovning ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari Rossiya, Ukraina, Polsha va Angliya davlatlarining nufuzli jurnallarida nashr ettirilib, ushbu ishlar maskur davlatlarni “ SERTIFIKATI “ bilan taqdirlangan. G’. Shukurov O’zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi-2023 kitobiga faxrli a’zo sifatida kiritilgan. 2023 yil Turkiya davlatidagi Istambul “YULDUZ” universiteti va boshqa ilmiy tashkilotlarda tashkil qilingan ilmiy-pedogogik faoliyatga oid xalqaro tadbirlarda aktiv ishtirok etgan. U universitetning tarbiyaviy, ma’naviy va ma’rifiy va jamootchilik ishlarida aktiv ishtirok etib kelmoqda. Shu jumladan O’zbekiston “AXBOROT”, studiya 24 va “MA’NAVIYaT VA MA’RIFAT” kanallarida professor G’. Shukurov bilan bir necha marta suhbatlar namoyish etildi. G’. Shukurov institutda dekan, dekan muovini va kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan va hozirgi davrda Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining“ Qurilish muxandisligi” kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.