Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura -qurilish universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Biz sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida tibbiyot sohasi mutaxassislari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.
Unda Zarmed tibbiyot universitetining katta oʻqituvchisi Halima Kariyeva, genikolog shifokor Klara Usmonova, universitet Salomatlik markazining oliy toifali shifokori Nazira Sultonovalar talaba qizlarga keng ko‘lamli ma’lumotlarni berdilar. Suhbat davomida qizlarning tibbiy madaniyatini oshirish va gigiyena qoidalariga rioya qilishlariga doir tushunchalar berib, erta nikohning salbiy oqibatlari haqida batafsil to‘xtaldi.