Skip to main content

“START UP” VA “COWORKING” MARKAZLARI

“Start Up”ni inglizchadan soʻzma-soʻz tarjima qilganda “jarayonning boshlanishi”ni bildiradi.

“Start Up” bu – biznesning istalgan turi, undagi farq bozorga avval foydalanilmagan uslubda (oʻz-oʻzidan qonun bilan taqiqlanmagan) tovarlar yoki хizmatlar taqdim etishda ifodalanadi.

Uning uchun asos – bu gʻoya, ijro va moliyalashtirishga koʻpaytirilgan uning dolzarbligi va oʻziga хosligi. Pirovardida bu biznes loyihaning muvaffaqiyatini ta’minlashi mumkin.

“Coworking” bu — yolg‘iz ishlay olmaydiganlar uchun, ofisni ijaraga olish va zamonaviy yig‘ilish xonasida hamkor bilan uchrashish uchun ajoyib imkoniyat. Umuman olganda, “Coworking” idoralari erkinlik, yangilik va qulaylikdir.

“Coworking” — so‘zi “birgalikdagi ish” deb tarjima qilinadi. “Coworking” markazi - bu eng arzon “dinamik” ish joyidan - tizzada kompyuteringiz bilan o‘tira oladigan va shaxsiy xonalar va konferensiya xonalari bilan jihozlangan bepul stollardan boshlab, ofis binosida ish joylariga ega bo‘lgan katta xona.

Universitetimizda endilikda talabalar o‘zlarini erkin his qilgan holda qulay va shinam xonalarda ilmiy hamda o‘zlarining boshlang‘ich biznes loyihalarini amalga oshirishlari uchun mana shunday sharoitlar yaratildi. Olib kelingan jihozlardan foydalanish bepul, barchasi talabalar uchun yaratildi. 

“Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida ushbu markazlarga tashrif buyurgan talabalarga ilmiy-tadqiqot faoliyati, ilmiy markaz xonalari, ilmiy laboratoriyalar hamda “Inkubatsiya” markazida “Coworking” va “Start Up” markazlari bilan Ilmiy tadqiqot va loyihalar kordinatori Usmon Xushvaqtov tomonidan batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.