Samarqand shahrida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ko‘magida tashkil etilgan 5 kunlik “Startap biznes mentorlarni tayyorlash dasturi” bo‘yicha amaliy trening bo‘lib o‘tdi.
Ushbu treningning maqsadi startaplar uchun Kanvas biznes modeli (Canvas Business Model) asosida loyihalarni rivojlantirish, bozorda mijozni topish va rivojlantirish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat hisoblanadi.
Treningni muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar yuqoridagi metod asosida kichik va o‘rta biznes vakillari, shuningdek startaplar uchun mentorlik kurslarini o‘tash imkonini taqdim etuvchi sertifikatlarga ega bo‘lidilar.
Quvonarlisi, ushbu treningda Respublika miqyosida ishtirok etish uchun saralab olingan 25 nafar ishtirokchilar orasida SamDAQU Qurilish materiallari va buyumlari tayanch doktoranti (PhD) Sarvara Saidmurodova hamda Qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi Abduqodir Oʻrinboyevlar ham ishtirok etdilar.