Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga “UNIVERSITET” maqomi berilganligining 2 yilligi munosabati bilan “Suv tanqisligi va suv tejovchi texnologiyalar bugunning dolzarb muammosi” mavzusida TANLOV bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda ishtirokchilar suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llashning zamonaviy usullari, suvni qayta ishlash texnologiyalari, iqlim o‘zgarishi sharoitida suv resurslarini saqlash kabi masalalarni ilmiy yondashuv asosida tahlil qildilar.
Eng yaxshi loyihlar suv tejash va samaradorlikni oshirish bo‘yicha innovatsion yechimlarni taklif etgani uchun yuqori baholandi. Tadbir davomida suv tejash bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish va bu boradagi ilmiy-tadqiqot ishlariga ko‘mak berishning muhimligi ta’kidlandi.
Mazkur tanlov universitetning ilmiy va amaliy salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, yosh olimlarni suv resurslarini asrab-avaylashga yo‘naltirishda katta ahamiyat kasb etadi. Taqdim etilgan loyihalar kelajakda mintaqaviy suv tanqisligi masalasini hal etishda qimmatli manba bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.