Skip to main content

TADBIRKOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Bugun “InnoWeek 2023” doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti kichik faollar zalida “Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “Zarmed Pratiksha Hospitals” ta’sischisi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Dilshod Shukurlayev tashrif buyurib universitet mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuv doirasida tadbirkor talaba yoshlarga sog‘liqni saqlash sohasidagi tadbirkorlik faoliyatida erishgan yutuqlari, hayot yo‘lida bosib o‘tgan qiyinchiliklari, biznes boshlashda daslabki tushunchalar va korporativ biznes to‘g‘risida motivatsion ma’lumotlar berib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida esa Dilshod Shukurlayev universitet talaba yoshlari bilan savol-javob ko‘rinishidagi samimiy suhbatlar olib bordi.

Ma’lumot o‘rnida shuni ta’kidlash joizki tadbirkor Dilshod Shukurlayev SamDAQU (SamDAQI, fuqarolik qurilishi yo‘nalishi) bitiruvchisi hisoblanadi. Meditsina sohasidagi tadbirkorlik ishlarini rivojlanishida esa shifokorlar oilasida katta bo‘lgani sababli ushbu sohada rivojlanish ishlarini olib borganini ta’kidladi bugungi uchrashuv qahramoni.