O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga xususiy tashabbuskor “TMM BUILDINGS” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti akademik litseyi hududida (0,3 gektar) 800 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
Qiziqish bildirish uchun soʻrov shakli; |
Loyiha konsepsiyasi; |
Loyiha to‘g‘risida ma’lumot. |
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar 2024-yil 25-avgust 23:59 ga qadar “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti |
Elektron pochta manzili: samdaqu@edu.uz |
Telefon raqami: +998 (66) 237-18-78-80 |
Manzil: Samarqand shahri, J.Joʻrayev koʻchasi 65 uy, Samarqand davlat arxitektura-qurilishi universiteti akademik litseyi hududi. |
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi |
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz |
Telefon raqami: +998 55 520-08-08 (195) |
Manzil: 100095 Toshkent shahri, Talabalar ko‘chasi, 7-uy. |
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.