Skip to main content

TALABA KLUBLAR FAOLIYATI NAMOYISH ETILDI: 2-KUN “MNEMONIKA” VA “IT” KLUBLARI TAQDIMOTI

“Universitet haftaligi” doirasida “Talaba klublari” ko‘rgazmasining 2-qismiga start berildi. Ko‘rgazmaning ilk namoyishi “Mnemonika” va “IT” klublari taqdimoti bilan boshlandi.

Taqdimotda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda talaba klublari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan talabalar dekanati dekani Bekzod Saidov ishtirokchi talabalarga ikkala klubning ahamiyati haqida to‘xtalib, nafaqat o‘qish davrida balki, undan keyingi hayot faoliyatida ham muhim o‘rin tutishiga ishonch bildirdi.

Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova tashkil etilgan klublar va unlarning maqsad va vazifalari haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Taqdimot mehmonlari “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Asliddin Quldoshev hamda katta o‘qituvchi Adolat Ziyotovalar ham talabalar uchun yaratilgan bunday imkoniyatlar nafaqat yoshlarni, balki, professor-o‘qituvchilarni ham birdek xursand qilishini ta’kidlab o‘tdilar.

Taqdimotning asosiy qismida “Mnemonika” va “IT” klublari koordinatori Sevinch Omonova tomonidan klublar faoliyati va ushbu faoliyat doirasidagi kurslar haqida asosiy maʼlumotlarni berdi. Shu bilan birgalikda talabalarning vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida xotira mashqlari ham tashkil etildi.