O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-son qarori va shu qarorning 2-ilovasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetini transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorining 2022-yil 26-dekabrdagi “Talabalar klublari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 378-u-sonli buyrug‘i e’lon qilindi.
Buyruqqa muvofiq talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, talabalar va professor-o‘qituvchilar takliflari asosida talaba to‘garaklarini tashkil etish bo‘yicha universitetda so‘rovnoma o‘tkazildi hamda shu asosida talaba va professor-o‘qituvchilarning xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha bugungi kunda 31 ta talaba klublari tashkil etildi.
Talabalar dekanati tarkibidagi “Talaba klublari” bo‘limi 2023/2024-o‘quv yilidan o‘z ish faoliyatini boshladi.
“Orientation week” talabalar haftaligi doirasida tashkil etilgan “Talaba klublari” bilan tanishtiruv taqdimotida universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov ma’lum qildi.
Tashkil etigan 31 ta klublar shartli ravishda 5 muhim tashabbus va mutaxassislik yo‘nalishlariga ajratilgan bo‘lib, 5 muhim tashabbus klublari umumiy kordinatori etib Ikrom Davurov, mutaxassislik yo‘nalishidagi klublar umumiy kordinatori etib Jahongir Otamurodov tayinlangan.
Hozirda mutaxassislik yo‘nalishidagi klublar qoshida 10 ta pullik o‘quv kurslar ham faoliyat olib bormoqda.