Skip to main content

TALABALAR AMALIYOTI JARAYONLARI MONITORING QILINDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillshtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi PQ-416-sonli qarorining 10-bandi, 2-qismi (talabalar uchun yetakchi tarmoq korxonalari va tashkilotlari hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy arxitektura va qurilish kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyatlarini yaratish va kengaytirish) ijrosini taʼminlash maqsadida, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti oʻquv ishlari bo‘yicha prorektori Murodjon Xodjabekov, “Qurilishni boshqarish” fakulteti dekani Mas’ud Eshmurodov va “Marketing xizmatlari” bo‘limi boshlig‘i Elmurod Haydarovlar talabalarning amaliyot joylariga borib tashkilotlar rahbarlari va talabalar bilan suhbatda bo‘ldilar va talabalarning amaliyot o‘tash jarayonlari o‘rgandilar.

Mutasaddilar Samarqand viloyatida joylashgan talabalar amaliyot olib borayotgan “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi, “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” davlat unitar korxonasining Samarqand viloyati filiali, Samarqand viloyati “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK, “Samarqand yo‘l loyihalash” MCHJ, “Bekzod Bunyodkor Servis” kabi xususiy korxonalarida bo‘ldilar. Korxona rahbarlari va mas’ul xodimlar PQ-416-son qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan fikrlar almashdilar.