Skip to main content

TALABALAR BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

2023-yil 24-27-yanvar kunlari Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi hamda Qurilish fakultetlari tyutorlari, guruh sardorlari va faol talabalari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan ushbu suhbatda 2022-2023-o‘quv yili kuzgi semestr yakuni bo‘yicha oraliq va yakuniy nazoratlarga talabalarning tayyorgarlik holatlari o‘rganildi.

Jarayonning ochiq va shaffof, odilona va adolatli o‘tkazilishi talabalarning fanlarni o‘zlashtirish darajasi bilan belgilanishi suhbat ishtirokchilari tomonidan e’tirof etildi. Suhbat davomida talabalarning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan birinchi oraliqlar haftasi haqidagi fikr-mulohazalari o‘rganildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi, taklif va mulohazalar esa mas’ullar tomonidna yozib olindi.

Suhbatda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi qoshida tashkil etilgan talaba-yoshlar klubi faoliyati haqida talabalarga ma’lumotlar berilib klubning 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejasi muhokama qilindi. Talaba-yoshlar klubining boshqaruv tarkibi qayta ko‘rib chiqildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi