Skip to main content

TALABALAR HAFTALIGI: VOLEYBOL

Xabaringiz bor 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Talabalar haftaligi” doirasida universitet Yoshlar ittifoqi tomonidan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tishi haqida xabar began edik.

Haftalik doirasida talabalar o‘rtasida “Voleybol” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada barcha fakultet talabalari o‘zaro birinchilik uchun kurashdilar.

G‘oliblar 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan SamDAQU katta faollar zalida tashkil etilgan galakonsertda taqdirlandilar.