Skip to main content

TALABALAR HAFTALIGI: ZAKOVAT

Xabaringiz bor 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Talabalar haftaligi” doirasida universitet Yoshlar ittifoqi tomonidan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tishi haqida xabar began edik.

Haftalik doirasida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. O‘yinda jamoalar “Rektor kubogi” uchun murosasiz bahslarni olib bordilar, ammo aql jangida kubok faqat bir jamoagagina nasib etadi.

G‘oliblar 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan SamDAQU katta faollar zalida tashkil etilgan galakonsertda taqdirlandilar.